Yangiliklar

Onlayn shaxmat musobaqasida bosh sovrin bu safar Buxoroga yoʻl oladi

2020 May 20 02:22
18-may kuni oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining sakkizinchi turniri ham qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy boʻldi.

18-may kuni oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining sakkizinchi turniri ham qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy boʻldi. 10 imkoniyatdan 9 ochko jamgʻargan buxorolik Jabborov Anvar Asror oʻgʻli sakkizinchi turnirda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Yana bir shaxmatchi Timurqulov Alibek ham xuddi shuncha ochko jamgʻargandi, ammo chess.com saytining Fair Play jamoasi qoʻshimcha koeffitsiyentlarga koʻra gʻoliblikni Anvar Jabborovga taqdim etdi.

Taʼkidlash kerak, sakkizinchi turnir gʻolibining FIDE reytingida egallab turgan oʻrni uning onlayn Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻlishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati 11-20-may kunlari oʻtkazilib, unda har bir turnir gʻolibi uch million soʻm miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritadi.