Yangiliklar

Esports Uzbekistan va SGL kompaniyasi hamkorligida xalqaro musobaqa uchun milliy saralash o’yinlari boshlanmoqda

2020 May 20 02:22
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o’rtasida an’anaviy o’tkazib kelinayotgan “KLB Kubogi” start olmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o’rtasida an’anaviy o’tkazib kelinayotgan “KLB Kubogi” start olmoqda. Esports Uzbekistan Federatsiyasi va SGL kompaniyasi tomonidan o’tkaziladigan ushbu musobaqaning milliy saralash o’yinlari 23-may sanasida boshlanadi.

23-24 may – saralash o’yinlari;
25-29 may – ple-off va final o’yinlari;

Umumiy sovrin jamg’armasi $5 000 AQSH dollariga teng bo’lgan musobaqaning final bosqichiga faqatgina bitta yo’llanma beriladi.

“KLB Kubogi”ning milliy saralash bahslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting: https://uz.liga-online.com/tournaments