Yangiliklar

Onlayn shaxmat musobaqasida navbatdagi gʻolib aniqlandi

2020 May 16 02:27
Shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining 14-may kungi bahslari ham shiddatli kechdi.

Shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining 14-may kungi bahslari ham shiddatli kechdi. Afsuski, bu safar ham ishtirokchilar orasida musobaqa qoidasini qoʻpol ravishda buzish holatlari kuzatildi va bunday shaxmatchilarning barchasi oʻyinlardan chetlatildi.

Chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosalarga koʻra toʻrtinchi turnirda gʻoliblik buxorolik Navroʻzov Toʻxtamurod Orzijon oʻgʻliga nasib etdi. Toʻxtamurod Navroʻzov 1996-yil 13-martda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tugʻilgan.

Biz Toʻxtamurod Navroʻzovni shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining toʻrtinchi turniridagi gʻalabasi bilan muborakbod etamiz.

Musobaqaning qolgan ishtirokchilariga aytar soʻzimiz, gʻalabaga halol kurash orqali erishing!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati